» » Pol Pogba A Seriyaga qaytishi mumkin

Pol Pogba A Seriyaga qaytishi mumkin


“Yuventus” yarim himoyachi Pol Pogbani jamoaga qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

Italiya klubi “Manchester Yunayted” va futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

“Yuventus” fransiyalik futbolchini ortga qaytarmoqchi va tez kunlarda yangi taklif bilan chiqishi kutilmoqda. “Manchester Yunayted” tez orada Pogbaning kelajagi borasida qaror qabul qiladi.

Ta’kidlanishicha, “qizil iblislar” Pogba uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Jahon chempioni 2012-yildan 2016-yilga qadar “Yuventus” tarkibida to‘p surgandi.

Shuningdek, Pogbaga “Real Madrid” ham asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют