» » Pol Pogba “Manchester Yunayted”dan ketishini ma’lum qildi

Pol Pogba “Manchester Yunayted”dan ketishini ma’lum qildi


“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba yozda klubini o‘zgartirishga hozirlik ko‘rmoqda.

26 yoshli fransuz “Yunayted”dagi jamoadoshlariga klubdan ketish istagi borligini bildirdi, deb xabar berdi L’Equipe.

Pogbaning Manchester klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021-yil yoziga qadar amal qiladi. Ayni damda “mankunianlar” shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmayapti.

Avvalroq “Manchester Yunayted” Yevropa Chempionlar Ligasiga chiqa olmasligi ehtimolidan kelib chiqib Pogba maoshining oshirilishini talab qilayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Ayni damda fransiyalik Jahon chempioniga “Real” qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining yuqori maosh olishi (yiliga 17 million yevro) va madridliklar rahbariyatining agent Mino Rayola bilan o‘zaro ziddiyatlari sabab transfer amalga oshishiga halal berishi mumkin.

Bundan tashqari Pogbaga PSJ klubi ham qiziqish bildirmoqda. “Yuventus”ga qaytish varianti esa hozircha ko‘rib chiqilmayapti.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют