» » “Real” Luka Modrichni sotib yuborishi mumkin

“Real” Luka Modrichni sotib yuborishi mumkin


“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich yozgi transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin, deya ma’lum qildi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida transferlar oynasida 300 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Shu sababli klub xarajatlarni qoplash maqsadida jamoaning ba’zi futbolchilari kelajagi haqida o‘ylamoqda. Xususan, Modrichning o‘zi jamoani tark etishni istasa, “qaymoqranglilar” futbolchi uchun tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Modrich 2018/19-yilgi mavsum madridliklar safida barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvlarda maydonga tushib, 4 ta gol urdi hamda 8 ta golli uzatma berdi.

Ma’lumot uchun, xorvatiyalikning “Real” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi. Yarim himoyachining transfer bahosi 20 million yevroni tashkil etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют