» » “Real” Eriksen uchun katta mablag‘ taklif qiladi

“Real” Eriksen uchun katta mablag‘ taklif qiladi


“Real” “Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Eriksenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

AS’ning xabar berishicha, madridliklar Daniya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. Unga Madridda Luka Modrichning o‘rinbosari sifatida qaralmoqda.

O‘tgan haftada “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres London klubidagi hamkasbi Deniel Levi bilan Madridda Yevropa Chempionlar Ligasi final bahsidan keyin tashkil etilgan bazmda uchrashdi. Ular Eriksenning transferi bo‘yicha muhokama qilishganmi yoki yo‘q, ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Kristian Eriksenning “shporlar” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yil yoziga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Eriksen tugallangan mavsum Angliya Premyer ligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют