» » AQShda salondan minib chiqilgan yangi Toyota Supra avariyaga uchradi

AQShda salondan minib chiqilgan yangi Toyota Supra avariyaga uchradi


Yangi Toyota Supra avtomobilini test-drayv uchun olgan ikki amerikalik avtosalondan chiqishi bilan yo‘l-transport hodisasiga uchradi. 54 ming dollar turadigan mashina qayta ta’mirlashga yaroqsiz holga kelib qolgan, deb xabar beradi The Drive.

Sportkar haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va katta tezlikda daraxtga borib urilgan. To‘qnashuv shu qadar kuchli bo‘lganidan, avtomobil detallari bir necha o‘n metr uzoqlikka sochilib ketgan.

Sportkar salonida bo‘lgan fuqarolardan biri mustaqil ravishda mashinadan chiqa olmagani sabab qutqaruvchilarni yordamga chaqirishga to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq AQShda yangi Chevrolet Corvette xarid qilinganidan bir kun o‘tib YTHga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Singapurda ikkita bir xil Lamborghini Aventador avariyaga uchradi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют