» » Singapurda ikkita bir xil Lamborghini Aventador avariyaga uchradi (video)

Singapurda ikkita bir xil Lamborghini Aventador avariyaga uchradi (video)


Singapurda deyarli bir xil ikkita Lamborghini Aventador S superkarlari o‘zaro to‘qnashuv sodir etdi. YTH ishtirokchisi bo‘lgan birinchi Aventador’ning motor bo‘lmasida kichik yong‘in yuzaga kelgan, deb xabar beradi Motor.

Singapurlik jurnalistlarning taxminicha, o‘zaro to‘qnashuv sodir etgan Lamborghini’larning egalari bir-birini tanigan va birgalikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Chorrahada mashinalardan biri keskin tormoz bergani sabab ikkinchi superkar haydovchisi o‘z vaqtida to‘xtashga ulgurmay qolgan.

Avariyadan so‘ng birinchi navbatda ikkala Aventador’ning ham raqamlari yechib qo‘yilgan. Old tarafda turgan superkarning motor bo‘lmasi tutay boshlagan va uning egasi yong‘inning oldini olish uchun o‘t o‘chirish moslamasidan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Suratlarga ko‘ra, mashinalarning faqatgina aerodinamik obvesiga zarar yetgan: oldindagi Lamborghini’ning diffuzori va bamperiga, orqadagi mashinaning faralari, bamperi, splitter, yukxona qopqog‘i va qanotiga shikast yetgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют