» » O‘zbekiston 2020-yilning 5 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravar ko‘p gilos eksport qildi

O‘zbekiston 2020-yilning 5 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravar ko‘p gilos eksport qildi


O‘zbekiston 2020-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, qiymati 48 million dollarga teng bo‘lgan jami 23,5 ming tonna gilosni 11 ta xorijiy mamlakatga eksport qildi. Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki baravarga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 12,4 ming tonna, Rossiya 6,7 ming tonna, Qirg‘iziston 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda o‘zbek gilosi Janubiy Koreya va Tailandga ham eksport qilindi. Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada 51,8 tonna mahsulot 206,8 ming dollarga sotilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 50 tonna gilos yetkazib berdi

Shuningdek, O‘zbekiston gilosi Xitoy, Polsha, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Ukraina, Turkmaniston bozorlariga ham yetkazib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют