» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 28 kishiga, Janubiy Koreyada esa 59 kishiga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 28 kishiga, Janubiy Koreyada esa 59 kishiga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 28 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 8 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 15 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 24 tasi mamlakatning o‘zida, 4 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 44 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 11 ta holat aniqlangandi. Kasallanish holatlarining aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan. Bunga epidemiologik surishtiruvdan keyin import qilingan losos balig‘i taxtasida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda Fentay hududida, qo‘shni Xebey provinsiyasining Baodin shahrida ham harbiy holat rejimi joriy qilingan. Pekinning to‘rtta hududida epidemiologik xavf darajasi “quyi”dan “o‘rta”ga ko‘tarilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 293 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 394 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 265 nafar bemor qolmoqda.

Mavzuga doir: Pekinda koronavirus epidemiyasi avj ola boshlagani tufayli shahardan chiqish taqiqlab qo‘yildi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 59 kishida koronavirus aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 257 kishiga, sog‘ayganlar esa 10 800 kishiga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada COVID-19 qurbonlari soni 280 kishini tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazining (KCDC) ta’kidlashicha, kasallanganlarning 51 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 8 nafari chetdan yuqtirgan. 24 ta holat Seulda, yana 15 tasi Kyongido provinsiyasida qayd etilgan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 26 kishiga kasalxonalardan javob berilgan. Janubiy Koreyada hozirga qadar koronavirusga 1,14 million kishi tekshirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют