» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 46 kishiga, Janubiy Koreyada esa 34 kishiga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 46 kishiga, Janubiy Koreyada esa 34 kishiga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 40 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 7 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan holatlarning 32 tasi mamlakatning o‘zida, 8 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 49 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 18 ta holat aniqlangandi. Kasallanish holatlarining aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan. Bunga epidemiologik surishtiruvdan keyin import qilingan losos balig‘i taxtasida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda Fentay hududida, qo‘shni Xebey provinsiyasining Baodin shahrida ham harbiy holat rejimi joriy qilingan. Pekinning to‘rtta hududida epidemiologik xavf darajasi “quyi”dan “o‘rta”ga ko‘tarilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 221 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 377 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 210 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 6 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 110 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoy hukumati Pekinda koronavirus tarqalish xavfi yuqori ekanligidan ogohlantirdi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 34 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 12 155 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” .

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning 21 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 13 nafari chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 30 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 760 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlar soni bir kishiga ko‘payib, 278 nafarni tashkil qilmoqda.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 1,12 millionta test o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют