» » UFC 8-avgust kuni o‘tkazadigan musobaqada asosiy jang kimlar o‘rtasida kechishi ma’lum bo‘ldi

UFC 8-avgust kuni o‘tkazadigan musobaqada asosiy jang kimlar o‘rtasida kechishi ma’lum bo‘ldi


Rossiyalik UFC jangchisi Aleksey Oleynik navbatdagi jangini 8-avgust kuni o‘tkazadigan bo‘ldi. Unga og‘ir vazn reytingining to‘rtinchi raqamli jangchisi Derrik Lyuis raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik kechaning asosiy voqeasi bo‘lishi kutilmoqda.

“Jang uchun yangi shartnoma oldim. 8-avgust sanasida, kechaning asosiy jangida Derrik Lyuis bilan to‘qnashaman”, — deya yozib qoldirgan Oleynik Instagram’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Oleynik oxirgi jangini 2020-yilning may oyida o‘tkazgan. O‘shanda u UFC’ning sobiq chempioni Fabrisio Verdumni mag‘lub etgandi. Qayd etish joiz, 8-avgustdagi jang 42 yoshli Oleynik uchun 2020-yilning hisobidan uchinchisi bo‘ladi. Aleksey yanvar oyida Moris Grinndan ustun kelgandi. Oleynik so‘nggi yutuqlari tufayli og‘ir vazn reytingida o‘n birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Lyuis esa so‘nggi jangida Ilir Latifini mag‘lubiyatga uchratgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют