» » Lukashenkoning Belarus prezidentligi uchun saylovlardagi raqobatchisi Viktor Babariko hibsga olindi. U qonunga xilof faoliyatga rahbarlik qilgan

Lukashenkoning Belarus prezidentligi uchun saylovlardagi raqobatchisi Viktor Babariko hibsga olindi. U qonunga xilof faoliyatga rahbarlik qilgan


Belarus davlat nazorati qo‘mitasi “Belgazprombank”ning sobiq rahbari va prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lishi kutilgan Viktor Babariko hibsga olgan. Bu haqda “Belteleradiokompaniya” xabar berdi.

Qo‘mita rahbari Ivan Tertel Babarikoning noqonuniy tashkilot tuzgani va unga rahbarlik qilganini bildirgan. Tertel gap qaysi faoliyat yo‘nalishi borasida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Amaldor soliqlarni to‘lamaslik va pul yuvish operatsiyalarida ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Avval “Belgazprombank”ning bir nechta sobiq va hozir ham ishlayotgan xodimlari qamoqqa olingandi.

Tertelning so‘zlariga ko‘ra, Belarus davlat nazorati qo‘mitasi “Belgazprombank”da xorijdagi banklarga, xususan, Latviyadagi ABLV bankiga pul yuvish sxemalari orqali mablag‘lari o‘tkazilganini aniqlagan. Bundan tashqari “Belgazprombank” xodimlari fuqarolarga majburan kreditlari bergan va kredit tarixi yomon tadbirkorlarga ssudalar ajratish uchun ulardan pora olgan.

“Talon-toroj, firibgarlik, pora olish va pora berish, jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zlashtirish jinoyat ishlari bo‘yicha 20 nafarga yaqin odam hibsga olingan. Qamoqqa olinganlarning hammasi aybini tan olgan va Babarikoning jinoiy guruhga hamda sxemaga rahbarlik qilganligiga guvohlik bergan”, – deyiladi “Belteleradiokompaniya” bergan xabarda.

Viktor Babariko va uning o‘g‘li Eduard 18-iyun kuni “Belgazprombank” ishi bo‘yicha so‘roq qilishga olib kelingan. Ularning yoniga advokatlar kiritlmayapti va jinoyat ishining maqomi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Babarikoning uyida tintuv ishlari boshlangan.

“Belgazprombank” ishi boshlangani haqida 11-iyunda ma’lum qilingan, Belarus davlat nazorati qo‘mitasi vakillari kredit tashkilotining bosh ofisiga kelib tintuv o‘tkazgandi. 15-iyunda Belarus milliy banki “Belgazprombank”ga vaqtinchalik administratsiyani tayinlagan.

Mavzuga doir: Lukashenko Belarusda yaratilgan Tesla “qotili” bilan tanishdi (video)

Avval Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyevning korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilinayotgani tufayli iste’foga chiqqan va hukumat rahbari lavozimiga shu vaqtga qadar mazkur vazifani vaqtincha bajarib kelgan Qubatbek Bo‘ronov tayinlangandi. Abilgaziyevdan avval 2017—2018-yillarda prezident Almazbek Atambayev rahbarligida bosh vazir bo‘lgan Sapar Isoqov korrupsiyada ayblanib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют