» » Avstraliyada koala va vombat do‘stlashib oldi. Ular uchrashganida bir-birini o‘pib qo‘ymoqda (video)

Avstraliyada koala va vombat do‘stlashib oldi. Ular uchrashganida bir-birini o‘pib qo‘ymoqda (video)


Avstraliyaning Janubiy Uels shtati Somersbi shahridagi Reptile Park bog‘ida yashovchi Elza laqabli koala hamda Xoup laqabli vombat karantin paytida do‘stlashib oldi, deb yozadi Esquire.

Bir kuni bog‘ xodimlari Xoup laqabli vombatning qafasini tozalayotgan paytda uni koalalar qafasiga joylashtirib turdi. Bu vaqtda Xoup Elza laqabli koala bilan do‘stlashib oldi. Shundan so‘ng ular ko‘p vaqtini birga o‘tkaza boshladi. Ular har uchrashganida bir-birining burnidan o‘pib qo‘yar, ayrilganida esa sezilarli ravishda bir-birini sog‘ina boshladi. Bu holatni sezgan bog‘ xodimlari dugonalarni bitta qafasga joylashtirib qo‘ydi.

“Biz ushbu do‘stlikdan juda hayron bo‘ldik. Vombat va koala bir oilaga mansub jonivorlar bo‘lsa ham ularning o‘zaro bunday yaqin munosabati noodatiy holat!”, — deydi bog‘ xodimi Den Ramsi.

Koala va vombatlar xaltali sut emizuvchilar oilasiga kiradi. Ularni yaqin qarindoshlar deyish mumkin. Biroq ularning farqlari ham bor. Masalan, koalalar daraxtda yashaydi, evkalipt barglarini yeydi. Vombatlar esa o‘zlariga in qazib, yerda yashaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют