» » Rossiyada dilerlik salonidagi avtomobilni ta’mirlash vaqtida uning ichidan qorayaloq ini topildi

Rossiyada dilerlik salonidagi avtomobilni ta’mirlash vaqtida uning ichidan qorayaloq ini topildi


Tyumendagi General Motors dilerlik markazi xodimlari karantindan so‘ng avtoturargohda qolib ketgan mashinalarning birida paydo bo‘lgan noodatiy “sovg‘a”ga duch keldi. Mashina o‘zining ta’mirlanishini kutib yotgan bir vaqtda uning motor bo‘lmasida qorayaloq ini paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Motor.

Avtomobil dvigatelidagi nosozlik sabab dilerlik markaziga tashlab ketilgan. Biroq koronavirus pandemiyasi natijasida joriy etilgan cheklovlar sabab servis xodimlari izolyatsiyaga ketgan va motorni almashtirishga ulgurmagan.

Izolyatsiya vaqtida avtomobil dilerlik markazi hududida harakatsiz qolib ketgan. Cheklovlar olib tashlangach, xodimlar mashina dvigatelini almashtirishga kirishgan va motor bo‘lmasiga in qurib, polapon ochgan qorayaloqqa duch kelgan.

General Motors xodimlari ehtiyotkorlik bilan qushlarning inini boshqa joyga ko‘chirib, ularni ornitologlarga topshirgan.

Mavzuga doir: Olimlar qushlarning turli shevalarda sayray olishini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют