» » Superliga. “Qo‘qon-1912” musobaqa autsayderi “Qizilqum”ga javobsiz 4 ta gol urdi

Superliga. “Qo‘qon-1912” musobaqa autsayderi “Qizilqum”ga javobsiz 4 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan bahsda “Qo‘qon-1912” 19-iyun, juma kuni o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi.

Har ikkala jamoaning ehtiyotkorlik bilan boshlangan uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi va darvozalarga to‘p kiritilmadi. Tanaffusda Baxtiyor Ashurmatovdan kerakli ko‘rsatmalarni olgan qo‘qonliklar 61-daqiqaga kelib hisobda oldinga chiqib oldi. Jarimadan uzatib berilgan to‘pni Otabek Haydarov darvozaga joylab qo‘ydi. 87-daqiqada esa “Qizilqum” darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik zarbani Xolmuhammedov golga aylantirdi. Final hushtagiga yaqin esa “Qo‘qon-1912” yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Mazkur g‘alabadan keyin qo‘qonliklar ochkolari sonini 9 taga yetkazib olgan bo‘lsa, “Qizilqum” hisobida hamon bir ochko bor.

Superliga

5-tur bahsi

19-iyun, juma

Gollar: 1:0 – 61 Haydarov, 2:0 – 87 Xolmuhammedov, 3:0 – 89 Merzlyakov, 4:0 – 90+3 Sindarov.

“Qo’qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobirjon Akbarov, Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro’ziyev, Otabek Haydarov (Iqbol Malikjonov, 74), Sardor Azimov (Sobit Sindarov, 46), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filipp Rayevats (Hamidulla Abduhamidov, 46), Murod Xolmuhammedov.

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Qadamboy Nurmetov (Abdi Bashimov, 65), Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoyev, Sherali Jo’rayev, Aziz Usmonov, Navaseb Makkartni, Oleg Tolmasov, Doniyor Usmonov (Doston Ibragimov, 65).

Ogohlantirishlar: Bobirjon Akbarov (9), Azizbek Usmanov (25), Nurmetov (40), Fayzulla Qambarov (71).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют