» » Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi, “Dinamo” esa “Qizilqum”ni yuta olmadi

Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi, “Dinamo” esa “Qizilqum”ni yuta olmadi


25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida dastlabki 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Termizda “Surxon” klubi Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Abdulaziz Yusupov hisobni ochgan bo‘lsa, 23-daqiqaga kelib qo‘qonliklar yarim himoyachisi Suhrob Berdiyev hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganda himoyachi Darko Stanoyevich penaltidan gol urib, “Surxon”ning g‘alabasini ta’minladi (2:1).

Mazkur g‘alabadan so‘ng termizliklar ochkolari sonini 18 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Qo‘qon-1912” esa 6 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Samarqandning “Dinamo” kubi Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 7-daqiqasidayoq navoiyliklar yarim himoyachisi Alisher Sanayev hisobni ochdi (1:0). Oradan 6 daqiqa o‘tib esa Samarqand klubi hujumchisi Qadamboy Nurmatov hisobni tenglashtirdi (1:1). 52-daqiqada Alisher Sanayev dublga erishdi (2:1). 74-daqiqaga kelib “Dinamo” a’zosi Amirjon Safarov jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (2:2).

Shu tariqa jamoalar durang o‘ynadi va bir ochkodan bo‘lish oldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Dinamo” 14 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qizilqum” esa 10 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga

25-may, shanba

Gollar: 1:0 — 10 Abdulaziz Yusupov, 1:1 — 23 Suhrob Berdiyev, 2:1 — 87, penalti, Darko Stanoyevich

Gollar: 0:1 — 7 Alisher Sanayev, 1:1 — 13 Qadamboy Nurmatov, 1:2 — 52 Alisher Sanayev, 2:2 — 74 Amirjon Safarov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют