» » “Liverpul”ning ikki yetakchisi Mersisayd derbisini o‘tkazib yuborishi mumkin

“Liverpul”ning ikki yetakchisi Mersisayd derbisini o‘tkazib yuborishi mumkin


“Liverpul”ning ikki nafar futbolchisi — hujumchi Muhammad Saloh va himoyachi Endryu Robertson Angliya Premyer Ligasi doirasida o‘tkaziladigan “Everton” qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, har ikkala futbolchida ham uzoq muddatli tanaffusdan keyin jismoniy holat borasida muammolar mavjud.

Saloh Angliya Premyer Ligasining joriy mavsumida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 16 gol va 6 ta assistga mualliflik qilgan. Robertsonning hisobida esa 28 ta o‘yinda 1 ta gol va 7 ta assist bor.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” — “Everton” uchrashuvi 21-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Agar Yurgen Klopp shogirdlari keyingi ikki uchrashuvda g‘alaba qozonsa, (keyingi o‘yin 24-iyun sanasida “Kristal Pelas”ga qarshi) muddatdan oldin chempionlikni tantana qilishi mumkin. “Liverpul”ning eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Siti” 22 ochkoga ortda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют