» » RPL. Oston O‘runovning “Ufa”si qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, “Tambov”ni mag‘lubiyatga uchratdi

RPL. Oston O‘runovning “Ufa”si qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, “Tambov”ni mag‘lubiyatga uchratdi


Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan bahsda “Ufa” 21-iyun, yakshanba kuni “Tambov”ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida “Ufa” penaltidan kiritilgan gol evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Shundan so‘ng o‘yin biroz sokinlashdi. Faqatgina 77-daqiqaga kelib “Tambov” futbolchilari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. “Ufa” esa g‘alaba qozonish maqsadida qator hujumlar uyushtirdi va qo‘shib berilgan daqiqalardagina o‘z maqsadiga erishdi — 2:1.

Ushbu bellashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov maydonda to‘liq harakat qildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Ufa” ochkolari sonini 30 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “Tambov” 23 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

RPL

23-tur bahsi

21-iyun, yakshanba

Gollar: Fomin (20), Kostyukov (77), Giorgobiani (90+2).

“Ufa”: Belenov, Suxov, Nikitin, Tabidze, Nedelcharu, Fomin, Karp (Giorgobiani, 86), O‘runov, Yokich, Krotov (Aliyev, 66), Bizyak (Kozlov, 67).

“Tambov”: Sheliya, Shlyakov (Kapliyenko, 46), Ribin, Filin (Yurganov, 73), Tetrashvili, Karasev (Fedchuk, 73), Chuperka, Gritsayenko, Kostyukov (Mamtov, 82), Oyevole, Obuxov (Kabaxidze, 56).

Ogohlantirishlar: Gritsayenko (26), Tetrashvili (30), Krotov (30), Chuperka (57), Filin (70), Karp (73).

Chetlatish: Tetrashvili (36).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют