» » Superliga. “Nasaf” Qashqadaryo derbisida ochko yo‘qotdi. “Metallurg” Andijonda g‘alaba qozondi

Superliga. “Nasaf” Qashqadaryo derbisida ochko yo‘qotdi. “Metallurg” Andijonda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki bahs 21-iyun, yakshanba kuni o‘tkazildi.

Qashqadaryo derbisida “Mash’al” o‘z uyida “Nasaf”ni qabul qildi. Ikkinchi o‘yinda esa Bekobodning “Metallurg” klubi “Andijon” maydoniga safar qildi.

Muborakda kechgan bahsda jamoalar dastlabki bo‘limdan boshlab ehtiyotkorlikka e’tibor qaratdi va kurash asosan maydon markazida kechdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida ham jamoalarning o‘yinida o‘zgarish ko‘zga tashlanmadi va darvozalarga to‘p kiritilmadi. Shu tariqa “Nasaf” musobaqa peshqadamiga aylanib olish imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.

Ushbu natijadan so‘ng “Nasaf” ochkolari sonini 11 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Mash’al” 6 ochkosi bilan 9-o‘rindagi “Lokomotiv”ga yetib oldi.

Andijondagi uchrashuvda esa ikkala jamoa ham nisbatan ochiq futbol namoyish etdi. 36-daqiqaga kelib bekobodliklar Stanislav Andreyevning ajoyib zarbasidan keyin hisobni ochdi – 0:1. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa “Andijon” futbolchilari Shahzod Ubaydullayevga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchrashuv hakami 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Andreyev aniq amalga oshirdi – 0:2. Ikkinchi 45 daqiqalikda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Metallurg” ochkolarini 10 taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, “Andijon” 2 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

5-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagicha:

5-tur bahslari

21-iyun, yakshanba

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullayev, Nikita Pavlenko (Jahongir Abdusalomov, 90), Sherzod Temirov, Mo‘minjon Meliyev (Ibrohim No‘monov, 78), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Qo‘ziyev (Ifeanyi Ifeanyi, 85) Samandar Shukurillayev, Denis Vasilev.

“Nasaf”:Mashxurjon Muhammadjonov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev (Jo‘rabek Mannonov, 77), Dilshod Rahmatullayev (Akmal Mazgovoy, 68), Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev (Haris Dilyaver, 65), Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Shohmalik Kamolov, 77), Marko Stanoyevich, Umarbek Eshmurodov.

Gollar: 0:1 – 36 Andreyev 36, 0:2 – 45+2, penalti Andreyev,

“Andijon”: Aslonbek Ahrorov, Azamat Isroilov (Emmanuel Arivchukvu, 46), Farhod Mirahmatov, Xushnudbek Avilov (Jahongir Abdumuminov, 73), Jamshid Hasanov, Farhodbek Bekmurodov, Siroj Meliyev (Mishel Ibe, 46), Abdullo Olimov (Nodir Mavlonov, 69), Usmonali Ismonaliyev, Timur Usmonov (Artyom Litvyakov, 46), Dmitro Zozulya.

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev (Murodbek Bobojonov, 90), Salamat Qutiboyev (Xudoyshuur Sattarov, 64), Shahzod Ubaydullayev (Zohid Abdullayev, 64), Kamoliddin Tojiyev, Abdurahmon Abdulhaqov (Abror Toshqo‘ziyev, 64), Ixtiyor Toshpo‘latov,Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev, Yevgeniy Chumak (Muhammad Isayev, 84).

Ogohlantirishlar: Meliyev (29), Mirahmatov (72), Ismonaliyev (75), Sattarov (90+4).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют