» » Sardobadagi toshqinda bedarak ketgan Milliy gvardiya xodimi Qozog‘istondan qidirilmoqda

Sardobadagi toshqinda bedarak ketgan Milliy gvardiya xodimi Qozog‘istondan qidirilmoqda


Sardobada yuz bergan toshqinda aholini evakuatsiya qilish vaqtida suvda oqib ketib, bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimi Qozog‘istonda qidirilmoqda. Bu haqda Chimkent shahar favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida suv toshqini paytida bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik askar qidirilmoqda.

Chimkent favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, 20-iyun kuni qutqaruv guruhi a’zolari qo‘shni davlatdan kelgan askarni qidirishga kirishgan.

Favqulodda vaziyatlar departamenti xabariga ko‘ra, 20-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbariyatidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 1992-yilda tug‘ilgan harbiy xizmatchisini qidirishda yordam berish to‘g‘risida xat kelib tushgan. Maktubga ko‘ra, “Shardara” qutqaruv stansiyasidan 5 nafar qutqaruvchi, bitta transport vositasi va bitta qayiq Maqtaaral va Yettisoy tumanlarining suv toshqini bo‘lgan hududlari va suv omborlarida qidiruv ishlarini olib borish uchun jo‘nab ketgan. Qidiruvga qutqaruv otryadining ikki nafar kinologi ham jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokat vaqtida aholini qutqarayotgan Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgandi.

Aholini evakuatsiya qilish tadbirlari vaqtida Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh komandiri, kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi, oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi, uchinchi darajali serjant Husniddin Suyarov suv toshqinida oqib ketgan.

Qidiruv natijasiga ko‘ra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 kilometr uzoqlikdagi masofada sog‘ holda topilgan. Uchinchi darajali serjant Suyarovning jasadi 3-may kuni soat 08:00 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i ‘Kichik Bobur’ mahallasidan topilgan. Oddiy askar Hazrat Suyunovni qidirish bo‘yicha ishlar davom etayotgani aytilgandi.

Shuningdek, Sardobadagi falokat oqibatida 6 kishi vafot etgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют