» » O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarida sanitariya talablariga rioya etilishini nazorat qilish uchun reydlar uyushtiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarida sanitariya talablariga rioya etilishini nazorat qilish uchun reydlar uyushtiriladi


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat transportida va tadbirkorlik subyektlarida sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Bu haqda “Koronavirus info” kanali xabar bermoqda.

Karantin cheklovlari sharoitida ruxsat berilgan sohalarda qayta tiklangan tadbirkorlik subyektlari faoliyati monitoringi natijalari ayrim hollarda sanitariya-epidemiologik talablar bu haqda mutasaddi tashkilotlar ogohlantirganidan so‘ng ham takroran buzilayotganligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, fuqarolar tana haroratini o‘lchagan holda obyektga kiritish, ularni ijtimoiy masofaga rioya etgan holda joylashtirish, muntazam dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish, xodimlarni tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlash kabi talablarga yetarli darajada rioya etmaslik, tana haroratini o‘lchamay, tegishli himoya vositalari bilan ta’minlanmagan fuqarolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga jalb qilish holatlari aniqlanmoqda.

Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlarini (reydlarni) muntazam ravishda kuchaytirilgan tartibda tashkil etib borish yuklatildi.

O‘zbekistonda 8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berilgan edi (Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno).

Biroq bu boradagi monitoring natijalari avtobus salonida ijtimoiy masofani saqlash bilan bog‘liq karantin talablarini buzib, tirbandlik hosil qilgan holda yo‘lovchi tashish holatlari uchrayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat sifatida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Transport vazirligiga avtobus reyslarida tirbandlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda boshqa sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют