» » O‘zbekiston viloyatlari hokimlariga turizm va sport masalasi bo‘yicha o‘rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etiladi

O‘zbekiston viloyatlari hokimlariga turizm va sport masalasi bo‘yicha o‘rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etiladi


O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 8 ta viloyat va Toshkent shahar hokimiga turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchi tayinlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qarorga muvofiq Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tegishlicha turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning mazkur qaroriga muvofiq O‘zbekistonda koronavirusga chalingan turistlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanadi, mamlakatda yangi imigratsion viza turi joriy etiladi. Shuningdek, mazkur qaror bilan Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi 2017-yilda O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3129-sonli qaroriga muvofiq joriy qilingandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют