» » O‘zbekistonda hokimlarning yangi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

O‘zbekistonda hokimlarning yangi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Vazirlikka qo‘shimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:

Hokim o‘rinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i;

Hokim o‘rinbosari — tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i.

Qaror bilan ayrim viloyat, shahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi.

Viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, qaror bilan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют