» » Ozbekistonda hokimlarga yangi orinbosar lavozimlari joriy qilindi

Ozbekistonda hokimlarga yangi orinbosar lavozimlari joriy qilindi


Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisida prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida xabar qilindi.

Qarorda takidlanishicha, foydalanilmayotgan obektlardan samarali foydalanish, shuningdek bosh turgan va qurilishi tugallanmagan obektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (yol xaritalari)ni ishlab chiqish boyicha idoralararo komissiyasining ishchi organi funksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Vazirlikka qoshimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan Qoraqalpogiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:

- hokim orinbosari viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligi;

- hokim orinbosari tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo bolimi boshligi.

Qaror bilan ayrim viloyat, shahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boyicha orinbosari lavozimi tugatildi.

Viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boyicha tegishli birinchi orinbosari zimmasiga yuklandi.

Shuningdek, qaror bilan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari belgilandi.

Markaz direktori Hukumat tomonidan tayinlanadi hamda u moddiy taminot, ijtimoiy va transport xizmati korsatish shartlari boyicha vazir orinbosariga tenglashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 15:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -