» » O‘zbekistonda abituriyentlarga test imtihonlari o‘tkaziladigan manzillar joylashuvini ko‘rsatadigan ilova ishlab chiqildi

O‘zbekistonda abituriyentlarga test imtihonlari o‘tkaziladigan manzillar joylashuvini ko‘rsatadigan ilova ishlab chiqildi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geojoyashuvini ko‘rsatib beradigan ImtihonGo maxsus mobil ilovasini ishlab chiqdi, deya xabar bergan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Ilova mualliflari TATU magistri G‘. Nazarov hamda Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi H. Baxtiyorov.

“Har bir yaratilgan dastur yoki startap insonlarning og‘irini yengil qilishi, ortiqcha vaqt, xarajatdan xoli bo‘lishiga yordam berishi kerak. Biz ham ImtihonGo mobil ilovasi orqali O‘zbekistondagi abituriyentlarni yaqin oylarda bo‘lishi kutilayotgan test sinovlarini topshirishda ortiqcha qiyinchiliklarsiz, kerakli manzilga tez va aniq yetib borishiga ko‘mak bermoqchimiz”, – deydi loyiha muallifi G‘.Nazarov.

DTM tomonidan ko‘rsatilgan manzillarda yangilanish kuzatilsa, ya’ni geojoylashuv joyi o‘zgarsa, ilovani ham yangilash, o‘zgartirishlarni yuklab foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.

Mualliflarning aytishicha mobil ilova foydalanishga tayyor va uni Google Play platformasidan yuklab olish mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi OTMlarga hujjat topshirishning ilk kunida qancha abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi

Avval abituriyentlar hujjatlarini DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi,  test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilishi, hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinishi, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют