» » Bollivudning “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi haqida qiziqarli faktlar

Bollivudning “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi haqida qiziqarli faktlar


1988-yilda suratga olingan Bollivudning “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Quyida ushbu film bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarga to‘xtalamiz.

1. Karan Johar avvaliga Tina rolini Tvinkl Khannaga taklif qilgan. Aktrisa qahramonining roli ayanchli tugashini bilib, rol ijro qilishdan bosh tortgan. Keyin Ravina Tandon, Ayshvariya Ray, Tabu, Urmila Matondkar va Karishma Kapurlar ham rozi bo‘lmagan. Tina roli o‘zining taklifiga binoan Rani Mukerjiga nasib qilgan. Oradan yillar o‘tib esa Tvinkl filmda suratga tushishga rozilik bermaganidan qattiq afsuslanishini bildirgan.

2. Karan Johar Rani Mukerjining ovozi xirillagan bo‘lgani uchun qahramonga boshqa kishi ovoz berishini istagan. Lekin aynan Ranining o‘zi ovoz bergani uchun ham Tina obrazi yanada jozibali chiqqan, bu esa aktrisaning tashrif qog‘ozi bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

3. Anjali, Rahul va Tinaning oldiga olovrang-pushti libosda kelgan sahnada atrofda kulgan talabalar orasida qora kepkada rejissor va xoreograf Fara Xonni va uning o‘ng tarafida dizayner Manisha Malhotrani ko‘rish mumkin.

4. Filmdagi Yeh Ladka Hai Deewana Yeh Ladka Hai Deewana musiqiy sahnasini suratga olish vaqtida Kajol velosipeddan yiqilib, hushidan ketgan. Bir necha daqiqadan keyingina o‘ziga kelgan aktrisa yiqilish oqibatida qisqa muddatga xotirasini yo‘qotgan.

5. Shohrux Xon va Kajolning ilk basketbol o‘yini sahnasida to‘pni tushirish uchun savatcha pastroqqa o‘rnatilgan, aktyorlarning sakrash sahnasi ishonarli chiqishi uchun esa batutdan foydalanilgan.

6. Filmda Ladki Badi Anjani Hai qo‘shig‘i vaqtida shamol Anjalining sarisini uchirishi, Rahul esa oshiqona nigoh bilan unga qaragan sahna ssenariyda bo‘lmagan. Ushbu g‘oya suratga olish jarayonida Fara Xonning xayoliga kelgan.

7. Amirxon Shohrux Xonning soyasida qolishni istamagani sabab Aman Mehra rolini ijro qilishdan bosh tortgan. Ajay Devgan ham rozi bo‘lmagan va oxiri ushbu rol Salmon Xonga nasib qilgan.

8. Kajol va Rani Mukerji aslida amakivachchalardir.

9. Karan Johar “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi uchun qo‘shiq yozishni Javed Axtarga taklif qilgan. Javed qo‘shiqni yozishga yozib keyin fikridan qaytgan, bunga film nomini mujmal deb hisoblagani sabab bo‘lgan.

10. Fimlda Tujhe Yaad Na Meri Aayee musiqiy sahnasida (filmning 45-soniyasida) xoreograf Gita Kapur ham suratga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют