» » Ish samaradorligiga putur yetkazadigan 5 ta tonggi odat

Ish samaradorligiga putur yetkazadigan 5 ta tonggi odat


Ish va faoliyatning qanday o‘tishi atrofimizda yuz berayotgan voqealar, shuningdek, odatlar bilan ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Ertalab soat 8-10 oralig‘ida qahva ichish

Darmutning Geyzel tibbiyot maktabi tadqiqotchilari ma’lumotiga ko‘ra, bu vaqtda stress garmoni — kortizol har doimgidan ham ko‘proq miqdorda ajralib chiqadi. Qahva ichish esa uning miqdorini yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Nima qilish kerak

Qahvani tushlikdan keyin soat ikkigacha va ikkidan beshgacha bo‘?lgan vaqtda ichish kerak. Chunki bu vaqtda kortizol miqdori kam bo‘ladi. Yoki umuman ichmaslik tavsiya qilinadi. Kanadalik psixologlarning aniqlashicha, 20 daqiqa yugurish qahvadan samaraliroq tetiklashtiradi.

Kundalik qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida o‘ylash

Avvallari samaradorlik uchun tavsiya qilingan uslub o‘zini oqlamagani ma’lum bo‘lgan. Qilinishi kerak bo‘lgan ishni shunchaki o‘ylab o‘tirmasdan tezroq bajarishga kirishish kerak. Siz xayolingizda o‘ylayverganingiz sari vaziyat ustidan nazoratni yo‘?qotasiz, illyuziyaga berilasiz.

Nima qilish kerak?

Qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni yondaftarcha yoki qog‘ozga yozib boring.

Tongni elektron xabarni tekshirish bilan boshlash

NYU professori Adam Alterning ta’kidlashicha, xabarni o‘qigandan keyin o‘ziga kelish va ishga kirishish uchun kamida 25 daqiqa ketadi. Bu diqqatning chalg‘ishi bilan bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Ko‘zingizni ochishingiz bilan pochtangizni tekshirmang, xabar kelganini bildiradigan funksiyani o‘chirib qo‘ying.

Ishga kechikish

Vaqtning to‘g‘ri taqsimlanmasligi, nafaqat ishingiz, balki kuningiz qanday o‘tishiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bu esa ish samaradorligi protsentining kamayishi, kunning unimsiz o‘tishiga olib keladi.

Nima qilish kerak ?

Hammasi oddiy — erta turish va erta ishga kirishish kerak.

Ish bo‘yicha uchrashuvlarni ertalabga belgilash

Uchrashuv va majlislarda turli muammolar muhokama qilinib, kishining kunlik kayfiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu esa ishlashga bo‘?lgan layoqatning o‘?lishiga sabab bo‘?ladi.

Nima qilish kerak?

Tongda o‘ta muhim uchrashuvlardagina ishtirok etish va belgilash, qolganini kechga qoldirish kerak.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют