» » O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan abituriyentlarga fuqarolik pasportini 10 kun ichida navbatsiz olish imkoniyati berildi

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan abituriyentlarga fuqarolik pasportini 10 kun ichida navbatsiz olish imkoniyati berildi


O‘zbekistonda 2020-yilda maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari fuqarolik pasportini 10 kun ichida navbatlarsiz olishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020-yil 1-son bayoniga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021-o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. Abituriyentga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi. Xorijga chiqish pasportini abituriyentga 5 kun muddatda berish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют