» » O‘zbekistonda 4 ta akademik litsey tugatiladi, 54 tasi esa kasb-hunar kollejiga aylantiriladi

O‘zbekistonda 4 ta akademik litsey tugatiladi, 54 tasi esa kasb-hunar kollejiga aylantiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 1411 ta kasb-hunar kolleji, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey faoliyat olib bormoqda.

Qaror sharhida qayd etilishicha, akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatgan.

“Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda”, — deyiladi qaror sharhida.

14-martda qabul qilingan qarorga muvofiq, bugungi kunda moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi.

Kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari o‘qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta’lim yo‘nalishi o‘xshash bo‘lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi o‘qituvchilik faoliyatiga soatbay haq to‘lash miqdori oliy ta’lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to‘lash miqdoriga tenglashtiriladi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda mavjud akademik litseylarda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili o‘rtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют