» » O‘zbekiston Kubogi. “Neftchi”, “Dinamo” va “Sho‘rtan” ikkinchi bosqichga yo‘l oldi

O‘zbekiston Kubogi. “Neftchi”, “Dinamo” va “Sho‘rtan” ikkinchi bosqichga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Coca Cola O‘zbekiston Kubogi musobaqasining birinchi bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar 23-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Neftchi” o‘z maydonida “Xorazm”ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar bo‘limlar debyutidagi gollar evaziga oldinga o‘tib oldi, biroq Farg‘ona klubi bunga uchta to‘p bilan javob qaytara oldi.

“Turon” va “Sho‘rtan” o‘rtasidagi bahsning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa g‘uzorliklarning qo‘li baland keldi.

Samarqandning “Dinamo”si “Istiqlol” maydonida mehmon bo‘ldi va ikkinchi bo‘limda kiritilgan uchta gol evaziga yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Oq-tepa” esa o‘z uyida “Zomin”ga imkon qoldirmadi.

Shu tariqa g‘olib jamoalar ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Mazkur bosqichga yetib kelgan to‘rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi va ularda g‘olib chiqqan ikkita jamoa Superliganing 14 klubi bilan kubokdagi yurishini davom ettiradi.

Coca Cola O‘zbekiston Kubogi

1-bosqich bahslari

23-iyun, seshanba

Gollar: 0:1 – 9 Tursunmurod Hamdamov, 0:2 – 52 Norxon Sheripov, 1:2 – 64 Otabek Zokirov, 2:2 – 73 Otabek Zokirov, 3:2 – 89 Dostonbek Bobojonov.

Gollar: 0:1 – 64 Jasur Xolto‘rayev, 1:1 – 76 Dilshod Xushvaqov.

Gollar: 0:1 – 37 Nizomjon Norov, 0:2 – 55 Muhammadqodir Rahimberganov, 0:3 – 77 Damir Temirov.

Gollar: 1:0 – 76 Ibrohim Tomiva, 2:0 – 80 Farruh Sodiqov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют