» » Tramp Maduro bilan faqat uning hukumatdan ketishi haqida gaplashish uchun uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi

Tramp Maduro bilan faqat uning hukumatdan ketishi haqida gaplashish uchun uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashishga tayyorligini, biroq bu uchrashuv faqat Maduroning hukumatdan ketishini muhokama qilish uchun o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

“Men Maduro bilan faqat bir narsani muhokama qilish uchun uchrashgan bo‘lardim: hukumatdan tinch yo‘l bilan ketish”, — deb yozgan Tramp.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, u har doim sotsializmga qarshi chiqadi va Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Prezidentning qayd etishicha, uning ma’muriyati “Maduroning despotik rejimini” qoralaydi.

O‘z navbatida, Maduro Tramp bilan muloqotga tayyorligini, biroq muloqot hurmat asosida o‘tishi kerakligini ma’lum qilgan. “Agar zarur bo‘lsa, men Donald Tramp bilan hurmat asosida suhbat o‘tkazishga tayyorman”, — deya ma’lum qilgan Venesuela prezidenti.

Avvalroq Tramp Axios nashriga bergan intervyusida Maduro bilan uchrashishi mumkinligini ma’lum qilgan. AQSh prezidentining ma’lum qilishicha, Maduro u bilan uchrashish niyatini bildirgan, uning o‘zi esa kamdan kam hollarda uchrashuvlarga qarshi chiqadi.

2019-yilning fevral oyida Tramp Maduroning uchrashish haqidagi so‘roviga rad javobini berganini ma’lum qilgan. Tramp o‘zining rad javobini Venesuelada “dahshatli narsalar” yuz berayotgani bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 2020-yilning mart oyida Maduroni giyohvand moddalar savdosida ayblagan va uning aybini isbotlovchi dalillar uchun 15 million dollar mukofot puli va’da qilingandi. Venesuela muxolifati esa Amerikaning Silvercorp xususiy harbiy kompaniyasi bilan mamlakatga bostirib kirish va prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darish bo‘yicha 213 million dollarlik kelishuv imzolagan. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa yollanma jangarilarning Venesuelaga bostirib kirishga urinishiga AQShning aloqadorligini rad etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют