» » O‘zbekistonda 6 soat ichida 127 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 6662 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 6 soat ichida 127 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 6662 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 23-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 127 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 6662 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

Avval  23-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra 35 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, koronavirus infeskiyasi chalingan bemorlarning umumiy soni 6535 nafarga yetgani xabar qilingan. Shu tariqa 23-iyun kun davomida 201 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston aholisida koronavirusga qarshi antitanani aniqlash bo‘yicha test o‘tkaziladi

23-iyun kun davomida 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4560 nafarni (68 foiz) tashkil etgan.

Hozirda shifoxonalarda 2083 nafar bemor davolanmoqda. Shu kungacha 19 nafar bemor COVID-19 asoratlaridan vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kunlarning isishi koronavirusning yo‘q bo‘lishiga qanday ta’sir etishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют