» » G‘alaba paradida qatnashish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi

G‘alaba paradida qatnashish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi


Rossiya poytaxti Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskvaga uchib kelgach, belgilangan talablarga binoan Qirg‘iziston prezidenti, uning delegatsiyasi a’zolari va kuzatuvchilar koronavirusga test topshirgan.

Qirg‘iziston prezidenti apparatining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Doniyor Sidiqov va qo‘riqlash xizmati xodimining koronavirus testlari ijobiy natija bergan.

Shu sababli, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov paradda ishtirok etmayapti.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, Qirg‘iziston Qurolli kuchlari bo‘linmasi boshqa xorijiy davlatlarning parad bo‘linmalari qatorida Qizil maydondan saf bilan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur paradda qatnashish uchun 23-iyun kuni Moskvaga yetib bordi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. O‘zbekiston prezidenti ayni paytda paradda ishtirok etmoqda.

Mavzuga doir: Video: O‘zbekistonlik harbiylarning G‘alaba paradidagi chiqishi

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29-iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют