» » Yangiyo‘ldagi qog‘oz zavodida yirik yong‘in yuz berdi. 36 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan yong‘in davom etmoqda

Yangiyo‘ldagi qog‘oz zavodida yirik yong‘in yuz berdi. 36 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan yong‘in davom etmoqda


25-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Qirsadoq” MFY, Toshkent shox ko‘chasida joylashgan “Global Comsco Daewoo” MChJ qog‘oz ishlab chiqarish Koreya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 36 ta yong‘in-qutqaruv guruhi hodisa joyga yetib borgan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, korxona ichidagi 5000 kvadrat metr maydon yongan. Ayni vaqtda alanga o‘rab olinib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar FVB boshliqlari, tuman hokimligi mutassaddilari ham kelgan.

FVVning qayd etishicha, yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. O‘t o‘chirish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют