» » Sirdaryoda nodavlat ta’lim muassasasidagi yong‘in vaqtida 111 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi evakuatsiya qilindi

Sirdaryoda nodavlat ta’lim muassasasidagi yong‘in vaqtida 111 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi evakuatsiya qilindi


Sirdaryo viloyati Guliston shahrida nodavlat ta’lim muassasasi binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra 25-iyun kuni soat 14:07 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahri “Namuna” mahallasi Sayhun ko‘chasida joylashgan Ideal Study nodavlat ta’lim muassasasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Shuningdek, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli binoning 1600 metr kvadrat maydoni yong‘indan asrab qolingan.

Mavzuga doir: Sergelidagi paxta korxonasi omborxonasida yong‘in chiqdi (video)

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyati, jumladan, Guliston shahri 2020-yil 20-iyun holatiga ko‘ra, “yashil” hudud hisoblanadi. Viloyatda faqat Xovos tumani “qizil” toifaga ajratilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida qog‘oz zavodi yonib ketgani, 5000 kvadrat metr maydon o‘t qurshovida qolgani haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют