» » Urganchda 22 yoshli qizning intim suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, salkam 16 mln so‘m talab qilgan yigit ushlandi

Urganchda 22 yoshli qizning intim suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, salkam 16 mln so‘m talab qilgan yigit ushlandi


Urganch tumanida 22 yoshli qizning intim suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan yigit ushlandi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmatiga tayanib “Xabar.uz” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Urganch tumanida yashovchi M.A. ismli ayol 24-iyun, chorshanba kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 1998-yilda tug‘ilgan qizning intim rasmlarini qo‘lga kiritgan, Urganch tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaro Sh.R. ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu rasmlarni tarqatib yuborish bilan tahdid qilayotganini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Sh.R. shu paytgacha 9,6 million so‘m miqdorida pul va qimmatbaho uyali telefonni olgan bo‘lsa-da, yana 15,8 million so‘m miqdoridagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish uchun Xorazm viloyati IIB JQB iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Sh.R. talab qilingan summadagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xivada ishqiy sahnalar tasvirlangan videoni internetga tarqatmaslik uchun 1 milliard so‘m talab qilgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют