» » Transport vazirligi O‘zbekistonda xorij davlatlari bilan xalqaro aviaparvozlar hali tiklanmaganini ma’lum qildi

Transport vazirligi O‘zbekistonda xorij davlatlari bilan xalqaro aviaparvozlar hali tiklanmaganini ma’lum qildi


Xorijiy aviakompaniyalarning 1-iyuldan O‘zbekistonga aviaparvozlarni qayta tiklashi va shu munosabat bilan aviachiptalar sotuvi boshlangani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Vazirlikning qayd etishicha, Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 14-iyundagi qo‘shma yig‘ilishi bayoniga muvofiq, O‘zbekistonda kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 2020-yilning 1-avgustiga qadar saqlanib qolishi belgilangan.

Vazirlik kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati davrida Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan barcha cheklov choralari bekor qilinmaganini eslatgan.

Transport vazirligi xorijiy davlatlar aviatsiya ma’muriyatlariga O‘zbekistonga aviakompaniyalarning muntazam parvozlarni amalga oshirishga hali ruxsat berilmaganligi to‘g‘risidagi notalar yuborgan.

“Respublika maxsus komissiyasining 29-sonli bayoniga muvofiq, sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlar bilan ‘yashil’, ‘sariq’ va ‘qizil’ toifalarga ajratilgan holda muntazam parvozlarni qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda.

Yo‘lovchilarga eslatib o‘tamiz, turli aviakompaniyalarning O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlashi to‘g‘risida taraqalayotgan rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib aviachiptalarni sotib olmang”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют