» » AQShda bir sutkada 45 242 kishi koronavirusga chalindi — kasallanish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

AQShda bir sutkada 45 242 kishi koronavirusga chalindi — kasallanish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi


AQShda 26-iyun kuni bir sutka ichida 45 242 kishi koronavirusga chalinib, kasallanish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi, deb xabar bermoqda Reuters o‘z hisob-kitoblariga tayanib.

Bunday hisob-kitoblarni yurituvchi Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra esa COVID-19 qurbonlari soni 125 ming kishidan oshib ketdi. Universitet ma’lumotlariga bo‘yicha AQShda shu kungacha 2 million 467 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 663 ming nafardan ortig‘i sog‘aygan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda kasallanganlar soni ortishi sharoitida undan vafot etayotganlar soni kamayib borayotganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, JSST mart oyida COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda bu kasallikka chalinganlar soni 9,8 milliondan, qurbonlar soni esa 494 ming kishidan oshgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют