» » Aryen Robben futbolchilik faoliyatini tiklaganini e’lon qildi. U hozir 36 yoshda

Aryen Robben futbolchilik faoliyatini tiklaganini e’lon qildi. U hozir 36 yoshda


Niderlandiya terma jamoasining sobiq a’zosi Aryen Robben faoliyatini qaytadan boshladi va o‘zining ilk jamoasi “Groningen” safiga qo‘shildi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Men “Groningen”ga futbolchi sifatida qaytmoqdaman. Endi bu mening maqsadimdir. Futbolga qaytish ustida ishlayapman. Hozircha bundan nimadir chiqish, chiqmasligini bilmayman, lekin “Groningen”da o‘ynashni orzu qilaman”, — deydi Robben.

Eslatib o‘tamiz, Robben professional faoliyatini 2019-yilning yozida yakunlaganini ma’lum qilgandi. 36 yoshli futbolchi “Groningen”, PSV, “Chelsi”, “Real” va “Bavariya” klublarida to‘p surgan. U Niderlandiya, Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarida g‘olib bo‘lgan. “Bavariya” safida esa 2012/13-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют