» » Timo Verner Yupp Haynkesning 46 yillik rekordini takrorladi

Timo Verner Yupp Haynkesning 46 yillik rekordini takrorladi


“Leypsig” hujumchisi Timo Verner Germaniya chempionatining so‘nggi, 34-turidan o‘rin olgan “Augsburg”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) dublga erishdi.

Shu tariqa germaniyalik hujumchi ortda qolgan mavsumda safarda urgan gollari sonini 17 ta yetkazib oldi va 1973/74-yilgi mavsumda Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi sobiq hujumchisi Yupp Haynkes tomonidan o‘rnatilgan Bundesliga rekordini takrorladi.

24 yoshli Verner joriy mavsumda Bundesligada 34 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Qayd etish joiz, Timo Verner yangi mavsumdan boshlab “Chelsi” safida to‘p tepadi.

Mavzuga doir: Timo Verner Bundesligada 8 yildan beri hech bir germaniyalik futbolchi qayd etolmagan natijaga erishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют