» » A Seriya. “Milan” o‘z uyida “Roma”ni taslim etdi

A Seriya. “Milan” o‘z uyida “Roma”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionati 28-turining markaziy o‘yinida “Milan” 28-iyun, yakshanba kuni “Roma” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida darvozalar dahlsiz qoldi. O‘yinda hisob 76-daqiqaga kelib ochildi: Ante Rebich raqib jarima maydonidagi tartibsizlikdan foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Hoqon Chalxono‘g‘lu penaltini aniq amalga oshirgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:0.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “Milan” ochkolarini 42 taga yetkazib oldi va yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Roma” (48) esa 5-pog‘onada qoldi.

A Seriya

28-tur bahsi

28-iyun, yakshanba

Gollar: 1:0 – 76 Rebich, 2:0 – 89, penalti Chalxono‘g‘lu.

“Milan”: Donnarumma, Konti, Kyer, Romanyoli, Teo, Kastilyexo (Salemakers, 54), Chalxono‘g‘lu, Bennaser, Bonaventura (Lukas Paketa, 54), Kessie, Rebich (Rafael Leau, 78).

“Roma”: Mirante, Zappakosta, Manchini, Spinatssola, Smolling, Pellegrini (Diavara, 81), Mxitaryan (Perotti, 69), Kristante (Pastore, 81), Veretu, Klyuyvert (Karles Peres, 58), Jeko (Kalinich, 70).

Ogohlantirishlar: Pellegrini (22), Kastilyexo (41), Rebich (62), Veretu (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют