» » Jizzaxda mast holda 14 yoshli qizni so‘kib, uning otasi va ukasini tosh bilan urgan shaxs ushlandi

Jizzaxda mast holda 14 yoshli qizni so‘kib, uning otasi va ukasini tosh bilan urgan shaxs ushlandi


Jizzaxda mast holda sevgan qizi bilan uchrashuvga kelgan va u yerda chorva boqayotgan 14 yoshli qiz va boshqalarni ko‘rib, ularni haydash maqsadida haqorat qilgan, o‘smir qizning otasi hamda ukasini urgan 29 yoshli yigit hibsga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 29 yoshli B.U. 2020-yil 24-iyun kuni soat taxminan 17:00 da mast holatda Captiva mashinasida Jizzax shahar “Shodlik” MFY Obod ko‘chasiga borib, N ismli qiz bilan suhbatlashayotgan vaqtida bu yerda voyaga yetmagan 14 yoshli M.T. va boshqa fuqarolarni chorva boqayotganligini ko‘rib, ularni haydashga uringan. B.U. atrofdagilarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘rqitmoqchi bo‘lgan. Hech bir sababsiz bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini ko‘rgan M.T.ning otasi L.B. va ukasi B.B.ning yuz va bosh sohasiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

L.B. va B.B. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Jizzax filiali tibbiyot bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan fuqaro B.U.ga nisbatan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Jizzaxda o‘zi enagalik qilgan uydan pul o‘g‘irlagan qizga jinoiy ish ochildi

Dastlabki tergov jarayonida B.U. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют