» » Qashqadaryoda tunda tanish yigitlarning qo‘l siqib salomlashishi pichoqbozlikni keltirib chiqardi

Qashqadaryoda tunda tanish yigitlarning qo‘l siqib salomlashishi pichoqbozlikni keltirib chiqardi


Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 28-may kuniga o‘tar kechasi ikki guruh yigitlarning o‘zaro kelishmovchiligi pichoqbozlik bilan tugadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 28-may kuniga o‘tar kechasi soat 03:00 da 33 yoshli R.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomashinasida jiyani, 22 yoshli U.Sh. hamda tanishlari, 26 yoshli P.Sh., 25 yoshli Sh.Q. va 26 yoshli I.S.ni o‘z uylariga tashlab ketish uchun Qashqadaryo viloyati Koson tumani Obod ko‘chasida avtomashinani to‘xtatgan.

Nexia haydovchisi R.N. tanishlari bilan xayrlashayotgan vaqtida ularning ortidan o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 20 yoshli O.D. “VAZ 2106” mashinasida o‘zining tanishlari 22 yoshli I.X., 21 yoshli O.R., 19 yoshli B.N. va 22 yoshli D.F. bilan kelib to‘xtagan. Ikki guruh bir-birlari bilan salom-alik qilayotgan vaqtida Sh.Q. “VAZ 2106” haydovchisi O.D.ning qo‘lini siqib ko‘rishgan va hech bir sababsiz uning biqin sohasiga bir musht urgan. Shundan so‘ng O.D. Sh.Q.ning yuz qismiga bir musht urib, uni yiqitgan.

Ushbu holatdan so‘ng yiqilgan Sh.Q.ning tanishi, mast holatda bo‘lgan I.S. O.D.ning mast holatdagi tanishi I.X. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Natijada I.X. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan I.S.ning chap yelka orqa sohasiga bir marta sanchib olib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda I.S. tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuz bergan joyda bo‘lgan barcha shaxslar bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют