» » Buxoroda ikki mast fuqaro turkiyalik haydovchini hech bir sababsiz do‘pposladi

Buxoroda ikki mast fuqaro turkiyalik haydovchini hech bir sababsiz do‘pposladi


Buxoroning Jondor tumani hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining 303-kilometrida 9-yanvar kuni soat taxminan 19:20 da 31 yoshli G.X. va 30 yoshli J.R. mast holda bezorilik qilgan.

Ular turkiyalik 63 yoshli M.D.ning boshqaruvidagi va davlat raqami Turkiyaniki bo‘lgan Mercedes-Benz yuk mashinasiga hech bir sababsiz tosh otib, uni to‘xtatgan, so‘ng haydovchi M.D.ni urib-do‘pposlab, unga tan jarohati yetkazgan.

Turkiyalik M.D.ga olgan tan jarohati yuzasidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa sodir bo‘lgan joydan qonga o‘xshash dog‘lar olingan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB tomonidan G.X. va J.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “d” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan qariyaga nisbatan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Har ikki fuqaro jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. “Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют