» » Sergelida 57 yoshli ayol, Shayxontohurda 10 yoshli bola YTH oqibatida halok bo‘ldi

Sergelida 57 yoshli ayol, Shayxontohurda 10 yoshli bola YTH oqibatida halok bo‘ldi


Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Shayxontohur va Sergeli tumanlarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqida ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, 27-iyun kuni soat 11:30 da Sergeli tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida Lacetti haydovchisi 44 yoshli D.A. yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 57 yoshli G.K. olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

28-iyun kuni taxminan soat 20:50 da Shayxontohur tumani Zulfiyaxonim ko‘chasida (“Rayhon” kafesi qarshisida) Spark haydovchisi 53 yoshli T.I. (ayol) yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 10 yoshli F.N.ni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yetkazilgan, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan.

Ushbu ikki holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют