» » Diyego Simeone “Barselona”ga qarshi qanday uslubda o‘ynashini aytdi

Diyego Simeone “Barselona”ga qarshi qanday uslubda o‘ynashini aytdi


“Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga 33-turi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Forma? Men formaga u qadar tayanmayman, bizni tarkibida ajoyib futbolchilarga ega dunyoning eng kuchli klubiga qarshi o‘yin kutib turibdi.

Ular chempionatda g‘olib bo‘lgan va so‘nggi pallagacha kurash olib boradi. Sababi ular g‘alabalarga o‘rganib qolgan va yutishni xohlaydi.

Biz “Barselona”ga qarshi ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazganmiz va o‘yinimiz avvalgilarda ko‘p ham farq qilmaydi. Biz ko‘plab yarim himoyachilarni maydonga tashlagan holda himoyaviy o‘yin namoyish qilamiz”, — deydi Simeone.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” — “Atletiko” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 1-iyulga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют