» »  La Liga. “Atletiko” va “Barselona” bugun, “Real” va “Sevilya” esa ertaga o‘yin o‘tkazadi (anons)

 La Liga. “Atletiko” va “Barselona” bugun, “Real” va “Sevilya” esa ertaga o‘yin o‘tkazadi (anons)


16-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi turda “Real Madrid”ga mag‘lub bo‘lib (1:3) jadvalda 1 pog‘ona pastlagan Diyego Simeone boshliq “Atletiko Madrid” klubi safarda “Rayo Valyekano” jamoasi bilan bahsga kirishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

Shu kuni Leo Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Valyadolid”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga tungi vaqt bilan soat 00:45 da start beriladi.

17-fevral, yakshanba kunining dastlabki uchrashuvi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda 45 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning “Real” klubi “Jirona” bilan kurash olib boradi. Bahs 16:00 da boshlanishi belgilangan.

Musobaqa jadvalida kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan Pablo Machin boshqaruvidagi “Sevilya” jamoasi “Vilyarreal” mehmoni bo‘ladi. To‘qnashuv 22:30 da boshlanadi.

23-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

24-tur bahslari

15-fevral, juma

Gollar: 0:1 — 37 Mata, 0:2 — 52 Fulkye, 1:2 — 67 Sharles 2:2 — 80 Sharles.

16-fevral, shanba

17-fevral, yakshanba

18-fevral, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют