» » La Liga. Messining goli “Barselona”ga “Atletiko” ustidan g‘alaba keltirdi (video)

La Liga. Messining goli “Barselona”ga “Atletiko” ustidan g‘alaba keltirdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 15-turi doirasida 1-dekabr, yakshanba kuni 5 ta bellashuv nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy uchrashuvida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi Madridda Diyego Simeone boshqaruvidagi “Atletiko” jamaosiga qarshi maydonga tushdi.

To‘qnashuvdagi yagona golga “ko‘k-anorranglilar” yetakchisi Lionel Messi 88-daqiqada mualliflik qildi.

Shu tariqa “Barselona” mehmonda kechgan bahsda “Atletiko”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng kataloniyaliklar ochkolari sonini 31 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida pehsqadamga aylanib oldi. 6-o‘rinda borayotgan “Atletiko” hisobida esa 25 ochko mavjud.

La Liga

15-tur bahslari

1-dekabr, yakshanba

Gol: 1:0 — 63 Diyego Karlos

Gollar: 1:0 — 41, penalti Raul Garsiya, 2:0 — 83 Berchiche

Gollar: 1:0 — 20, penalti Roka, 1:1 — 46 Ruben Garsiya, 1:2 — 49 Chimi Avila, 1:3 — 84 Monkayola, 1:4 — 90, penalti Roberto Torres, 2:4 — 90 Kalyeri

Gollar: 1:0 — 54 Kabrera, 2:0 — 60, penalti Molina, 3:0 — 67 Anxel Rodriges, 4:0 — 78 Timor

Gol: 0:1 — 86 Messi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 05:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют