» » Grizmann dublga erishgan o‘yinda “Barselona” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Grizmann dublga erishgan o‘yinda “Barselona” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


25-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 2-turi doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Leganes” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 71-daqiqada urildi. Unga “matraschilar” yarim himoyachisi Vitolo mualliflik qildi.

Shu tariqa madridliklar mehmonda kechgan bahsda “Leganes”ni kichik hisobda mag‘lub etdi (1:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Atletiko” ochkolari sonini 6 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da “Betis”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida mehmon jamoa a’zolari Nabil Fekir (15) hamda Loren Moron (79) Mark-Andre ter Shtegen darvozasiga gol urgan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar”dan Antuan Grizmann (41, 50), Karles Peres (56), Jordi Alba (60) va Arturo Vidal (77) raqib darvozasini ishgol qildi.

Bahs yakuniga ko‘ra, Kataloniya klubi “Betis”ni yirik 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, “Barselona” ayni damda 3 ochko bilan 9-o‘rinni band qilib turibdi.

2-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

2-tur bahslari

24-avgust, shanba

Gol: 1:0 — 15 Fernandes

Gollar: 0:1 — 6 Raul Garsiya, 1:1 — 12 Mata

25-avgust, yakshanba

Gol: 0:1 — 83 Edegor

Gol: 0:1 — 71 Vitolo

Gollar: 0:1 — 15 Fekir, 1:1 — 41 Grizmann, 2:1 — 50 Grizmann, 3:1 — 56 Karles Peres, 4:1 — 60 Alba, 5:1 — 77 Vidal, 5:2 — 79 Moron

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 02:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 136) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют