» » La Liga. “Barselona” “Sevilya”ni yirik hisobda yengdi, “Atletiko” esa yana ochko yo‘qotdi (video)

La Liga. “Barselona” “Sevilya”ni yirik hisobda yengdi, “Atletiko” esa yana ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 8-turida 6-oktabr, yakshanba kuni 5 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko”si safarda “Valyadolid” bilan o‘ynadi.

Bellashuvda tomonlar gol ura olmadi va o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.

Ma’lumot uchun, “matraschilar” 15 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Valyadolid” esa 10 ochko bilan 13 o‘rinni band qilib turibdi.

Shu kuni Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da “Sevilya”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “ko‘k-anorranglilar” vakillari Luis Suares (27), Arturo Vidal (32), Usmon Dembele (35) hamda Lionel Messi (78) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa kataloniyaliklar o‘z maydonida “Sevilya” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, bahsda Kataloniya klubi safida o‘zining debyut o‘yinida maydonga tushgan 20 yoshli urugvaylik Ronald Arauxo (87) va Usmon Dembele (88) hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Barselona”ning ochkosi 16 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 6-o‘rinda borayotgan “Sevilya” hisobida esa 13 ochko mavjud.

8-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

8-tur bahslari

6-oktabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 37 Budimir, 2:0 — 73 Sevilya

Gol: 1:0 — 74 Aspas

Gollar: 1:0 — 5 Merino, 1:1 — 69 Mata, 1:2 — 89 Maksimovich

Gollar: 1:0 — 27 Suares, 2:0 — 32 Vidal, 3:0 — 35 Dembele, 4:0 — 78 Messi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют