» » La Liga. 7 ta gol urilgan bahsda “Barselona” “Valensiya”dan ustun keldi, “Atletiko” esa yutqazib qo‘ydi (video)

La Liga. 7 ta gol urilgan bahsda “Barselona” “Valensiya”dan ustun keldi, “Atletiko” esa yutqazib qo‘ydi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 4-turi doirasida 14-sentabr, shanba kuni 3 ta bellashuv yakunlandi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Real Sosyedad” maydoniga safar qildi.

Bellashuv davomida mehmon jamoa vakillari Martin Edegor (58) hamda Nacho Monreal (61) urgan gollar “Real Sosyedad”ning “matraschilar” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchi g‘alabani taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Madrid klubi 9 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real Sosyedad” esa 7 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.

Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da “Valensiya”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda “ko‘k-anorranglilar” a’zolari Anssumane Fati (2), Frenki de Yong (7), Jerar Pike (51) va Luis Suares (61, 82) raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, “ko‘rshapalaklar”dan Kevin Gameyro (27) hamda Maksi Gomes (90) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Kataloniya klubi o‘z maydonida “Valensiya”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Barselona” ochkolari sonini 7 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Valensiya” esa 4 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.

La Liga

4-tur bahslari

14-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 — 26 Jerar Moreno, 0:2 — 39, avtogol Silva, 0:3 — 90 Jerar Moreno

Gollar: 1:0 — 58 Edegor, 2:0 — 61 Monreal

Gollar: 1:0 — 2 Fati, 2:0 — 7 de Yong, 2:1 — 27 Gameyro, 3:1 — 51 Pike, 4:1 — 61 Suares, 5:1 — 82 Suares, 5:2 — 90 Maksi Gomes

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 04:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют